Har yili 15-may kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro oila kuni nishonlanadi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 1993 yilda joriy etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – oilaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda zamonaviy oilalarning duch kelayotgan muammolariga e’tibor qaratishdan iborat.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: «Oila – bu hayot maktabi. Biz jamiyatda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlaylik desak – bunda, avvalo, sog‘lom, ma’naviy va bilimli oilalar bo‘lishi kerak.» 2025 yil 26 may kuni 15 may «Xalqaro oila kuni»ga bag‘ishlab «Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Bayram tadbirida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Davletmuratov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Mambetniyazova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari T.Paxratdinova, M.Karimullayeva, S.Orinbayeva, tyutorlar va ota-onalar, faol talaba yoshlar ishtirok etdi.

 Oila – bu oddiy bir guruh odamlarning yashash joyi emas. Oila – bu mehr-oqibat, tarbiya, qadriyat, sabr-toqat va eng muhimi, muhabbat manbaidir. Har bir insonning ilk qadami, ilk so‘zi, ilk tushunchasi aynan oilada shakllanadi. Biz qanday jamiyatda yashayapmiz – bu, avvalo, qanday oilalarda voyaga yetayotganimizga bog‘liq.

 Shu munosabat bilan institutimizda o‘quv yili davomida o‘qishda va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan, ibratli ishlari bilan o‘z tengdoshlari orasida ajralib turgan talaba qizlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. Bayram tadbirida ishtirok etgan ota-onalarga cheksiz minnatdorligimizni bildirgan holda institut rektori tomonidan «Tashakkurnoma» va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.