2025 yil 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar «Olima» tashkiloti Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yili»ga bag‘ishlab «Ilm g‘unchalari»ning «Yoshlarning ilmda tutgan o‘rni» nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlaridagi doktorantlar, magistrantlar va bakalavriatda tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etdi. Konferensiya ishini institutimiz rektori B.B.Jollibekov ochib berdi va konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ishtirokchilarni «Ilm g‘unchalari»ning an’anaviy tarzda 14-marta o‘tkazilishi bilan O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar «Olima» tashkiloti Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i T.Oserbayeva va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining «Olima» tashkiloti boshlig‘i A.Pirniyazovalar tabriklab, ilm-fan bilan shug‘ullanishga qadam qo‘ygan yoshlarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ishtirokchilarning ma’ruzalari juda qiziqarli bo‘lib, ulardan institutimiz o‘simliklarni himoya qilish mutaxassisligi 1-kurs tayanch doktoranti S.Menglimuratova (ilmiy rahbar a.x.i.d., professor N.Shamuratova) I-darajali diplom bilan, QMI magistranti J.Abdigapparova II-darajali diplom bilan, QMU talabasi O.Bekieva (ilmiy rahbar N.Jumanazarova) III-darajali diplom bilan va NDPI 1-kurs tayanch doktoranti D.Erniyazova faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Konferensiya o‘z ishini 2 ta sho‘bada davom ettirdi.