Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Gumanitar fanlar va tillar kafedrasi dotsenti M.Abdullayev rahbarligida ingliz tili fani o‘qituvchilari G.Ataxanova, Z.To‘reniyazova, I.Sarsenbayeva, P.Javmitbayeva, M.Kulimova va J.Shamuratovlar Nukus tumani «Oqmang‘it» PPJ va «To‘ktov» MFYlarining rahbarlari va Yoshlar yetakchilari bilan birga va o‘sha yerdagi yoshlar bilan uchrashib, suhbatlar o‘tkazdi.
Suhbat davomida tuman yoshlarining chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash maqsadida masofaviy o‘qitish va offlayn o‘qitish kurslarini tashkil etish masalalari bo‘yicha MFY raislari va Yoshlar yetakchilari bilan birgalikda maslahatlashib oldi.
Uchrashuv davomida kurs o‘tkaziladigan joylar ham belgilab olindi. Tuman yoshlari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, institutimiz bo‘yicha ham berilgan ma’lumotlarga o‘z qiziqishlarini bildirib, uchrashuv savol-javob shaklida o‘tkazilib mazmunli va qiziqarli bo‘ldi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz