2025-yilning 3-iyun kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Yaponiyaning Sukuba universitetining dotsenti Maki Asano, 1-bosqich magistranti Natsuto Okubo hamda PhD talabasi Boltayeva Husnida mehmon bo‘ldi. Mehmonlarni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b A.Sayimbet, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti vakillari Nurmetov Nurali hamda Mamatqulov Asliddin kutib oldi.

 Dastlab Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi A.Sayimbet mehmonlarni institut laboratoriya xonalari bilan tanishtirib, tuproq agrokimyosi bo‘yicha o‘rganilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng mehmonlarga institut haqida ma’lumot berildi.

 O‘z navbatida Sukuba universiteti dotsenti Maki Asano o‘z universitetida tuproqshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi va kelgusida birgalikda ilmiy ishlarni olib borish bo‘yicha taklifini bildirdi.