Uchrashuvda institutimiz rektori B.B.Jollibekov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘ining o‘rinbosari Seytniyazov Kamarbek Paraxatovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi bosh inspektori Allambergenov Nizamatdin Saparbaevich institutimiz barcha fakultetlari, Registrator ofisi mas’ullari va bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbirni institutimiz rektori B.B.Jollibekov ochib berdi va boshqarib bordi. Ushbu tadbirda so‘zga chiqqanlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi 203-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan topshiriqlari hamda buyruq ilovasining 5-bandida keltirilgan topshiriqlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilishi vazifalar hamda Davlat xizmatiga ishga kirish tartibi, Davlat fuqarolik xizmatiga kirish shartlari va jarayonlari hamda Vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida umumiy ma’lumot va tushunchalar berib o‘tdi.
Uchrashuvda davlat elektron tizimidan foydalanish tartibi, One id Yagona identifikatsiya tizimi, My.gov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish va davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining – ARGOS.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish va ish o‘rinlarini izlash haqida batafsil ma’lumotlar yetkazilib, tegishli tushuntirishlar berilishi bilan bir qatorda bitiruvchilarimizni o‘ylantirgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.