O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari» togrisidagi 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya masalalariga bagishlangan muxim sanalar boyicha o`tkaziladigan tadbirlar calendar rejasining 20-bandiga muvofiq, 2025 yil 5 iyunkuni respublikamizda «Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” (Ekolog kuni)ni nishonlanishi aytilgan.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalar instituti Ekologiya yo‘nalishi talabalariga «Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni» (Ekolog kuni) haqida kichik seminar tashkil etildi.
Seminarda Zooinjeneriya fakulteti dekani T.Navro‘zov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Seminar davomida talabalarga respublikamiz hududida ekologik bilimlarni eng avvalo oiladan boshlash, yoshlikdan ongiga singdirib borish kerakligi aytildi.