Ayni paytda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Berdiyar Baxtiyarovich Jo‘llibekov Germaniyaning Weihenstephan-Triesdorf University of Applied Sciences universitetida xizmat safarida.
U yerda institutimiz rektori B.Jollibekov Germaniyaning Weihenstephan-Triesdorf University of Applied Sciences universitetida mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish bilan birga «International Day» loyiha-dasturida ishtirok etdi hamda institutimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar, qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlashda institutimizning tutgan o‘rni haqida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng universitetdagi mavjud laboratoriya va o‘quv xonalari bilan tanishib, u yerda olib borilayotgan ilmiy loyihalarni ham o‘rganish maqsadida suhbatlar olib bordi.
Shuningdek, xizmat safari davomida, 2024-yil institutimizda bakalavr bosqichini tamomlab hozirda Weihenstephan-Triesdorf University of Applied Sciences’da GRANT asosida Magistratura bosqichida ta’lim olayotgan Axrorov Abror bilan uchrashdi va Germaniyaning Weihenstephan-Triesdorf University of Applied Sciences bilan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida doktorantlar (PhD) uchun 2026-2029-yillarda DAAD tomonidan moliyalashtiriladigan «SDG-Partnerships» dasturida institutimizning ham faol ishtirok etishi va «International Day» tadbir-dasturida bu haqida tavsiyalar berib o‘tdi.