Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lgan har bir yoshning oldida katta maqsadlar bo‘ladi, ulardan biri albatta bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasining hamda nufuzli davlat stipendiyasining sohibi bo‘lishdir. Bu g‘alabaga erishish uchun nomzodlardan chuqur bilim, o‘z sohalaridan kelib chiqqan holda ustozlari bilan ilmiy tadqiqotlar olib borib o‘z ustida ishlagan tashabbuskor yoshlargina erisha oladi.

 Shuningdek, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda taniqli davlat stipendiyalari tanloviga talabgor talabalar o‘rtasida tanlovning institut bosqichi o‘tkazildi.

 Tanlovni o‘tkazishda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsion holatlardan yiroq bo‘lishi uchun institutimizning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» bo‘limi tomonidan qat’iy nazoratlar o‘tkazildi.  Ichki imtihonlarda nomzodlar o‘z bilim darajalarini sinab ko‘rdi.