Bugun, 11-iyul kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bitiruvchilarga diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi.
2021-2025-o‘quv yillari oralig‘ida institutimizda o‘zlarining alohida bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlarining bergan bilimlarini qunt bilan o‘zlashtirib, o‘qishlarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchi talabalarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi.
Bu marosimda institutimiz rektori B.Jollibekov, prorektorlar, fakultet dekanlari, institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirni institutimiz rektori B.Jollibekov ochib berdi va bitiruvchilarni samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida bitiruvchi yoshlarga o‘qishlarni muvaffaqiyatli yakunlab, hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekansiz albatta ushbu dargohda bosib o‘tgan yo‘lingizda ustozlaringizdan olgan bilim va tajribangiz o‘zingiz bilan kelajak hayot yo‘lingizda tayanch bo‘lishini alohida ta’kidlab, yoshlarimiz mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi va kelajakdagi maqsadlariga erishishida hamjihat ekanligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, institutimizning barcha fakultetlaridan eng yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi hamda bitiruvchilarning ota-onalari va talabalar o‘zlarining minnatdorchiligini bildirdi.