Mehmonlarni institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori N.Absattarov kutib olib, uchrashuv tashkil etdi.

 Uchrashuvni N.Absattarov o‘z kirish so‘zi bilan boshlab berdi hamda bugungi kunda institutimiz va Yaponiya o‘rtasida olib borilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

 Shundan so‘ng JICA vakili Ashihara Tomoko xizmat safaridan maqsad Aoyama Yunaning 2025-yilning 3-sentyabr kunidan boshlab 2027-yilning 4-avgust kunigacha institutda volontyor sifatida faoliyat ko‘rsatishini hamda Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligini o‘rganish bo‘yicha o‘z izlanishlarini amalga oshirishini ta’kidladi. Shuningdek, joriy yilning 12 sentyabr va 18 sentyabr kunlari qo‘shimcha 2 nafar yapon fuqarosi volontyorlik an’anasi asosida kelishi rejalashtirilganligini ta’kidladi.

 Uchrashuv yakunida mehmonlarga institut tomonidan volontyorlarga ajratilgan xona ko‘rsatildi va Aoyama Yunaga kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.