Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 1-kurs talaba-yoshlari ishtirokida “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuvni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Tlegenov Marxabay olib bordi.

 Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Jamalov Nurulla, Respublika targ‘ibotchilar guruhi a’zosi, dotsent Qabıl Mambetovlar  maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

 Shuningdek, uchrashuvda fakultetlarning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

 Tadbir davomida mutaxassislar bugungi kunda yoshlar ongiga turli zararli oqimlar va soxta g‘oyalar taʼsir ko‘rsatishga urinayotgani, bunday tahdidlarga qarshi faqat ilm-maʼrifat, yuksak huquqiy madaniyat va sog‘lom dunyoqarash bilan kurashish mumkinligini taʼkidladilar.

 Shuningdek, talabalarga inson qadri va huquqlarining ustuvorligi jamiyatning taraqqiyoti va barqaror rivojlanishi uchun muhim poydevor ekani haqida batafsil tushunchalar berildi.

 Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarda maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarni oshirish, huquqiy ongni mustahkamlash va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.