Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda JICA GROW loyihasi hamkorligida “  Yaponiyada ishlash imkoniyatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

 Uchrashuvda:
 Buranbaev Timur – OISCA-Uzbekistan ofisi menejeri
 Fukushi Hoju – OISCA-Uzbekistan ofisi yapon tili o‘qituvchisi
 Yoshikawa Takuma – JICA GROW loyihasi eksperti
 Khasanov Jurabek – JICA GROW loyihasi eksperti
 Sobirov Temur – JICA GROW loyihasi assistenti
 “Nobels” kompaniyasi vakili (onlayn) ishtiork etdi.

 Seminarda JICA GROW loyihasi haqida batafsil ma’lumot berilib, bu loyiha institutimiz bitiruvchilari uchun Yaponiyada ishlash imkoniyatlarini taqdim etishi ta’kidlandi. Eng muhimi – til sertifikati talab qilinmaydi, faqat kundalik suhbatlasha olish hamda Yaponiya qonunlarini bilish kifoya.

 Shuningdek, “Nobels” kompaniyasi vakili (onlayn) ishtirokchilarga kompaniya faoliyati va ish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Talaba-yoshlarimiz esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga loyihaning ekspertlaridan javob olishdi.

 Yaponiyada ishlashni istaganlar JICA GROW loyihasi tomonidan tayyorlangan so‘rovnoma bilan tanishib chiqishlari so‘raldi. Bunday seminarlar bitiruvchilarimizning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini yurtimizga olib kirishda muhim ahamiyat kasb etadi.