Shu yilning 30-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida «1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bir qator professor-o‘qituvchilarga «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

  Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri A.Ayapovlar va Vazirlar Kengashining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyat boshlig‘i B. Kalimbetovlar ishtirok etib, yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan tabrikladilar.

 Mazkur tantanada Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «O‘simliklarni himoya qilish va karantini» kafedrasi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Shamuratova Nagima Genjemuratovna ham «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

  Institutimiz jamoasi professor Shamuratova Nagima Genjemuratovnani ushbu yuksak mukofot bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!