2025-yil 30-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yaponiyalik olimlar ishtirokida “Kuzgi ekin dalalarida tuproq sensorlaridan foydalanish va suv rejimini nazorat qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Mie universiteti professorlari Kristina Toderich, Naoko Matsuo, Tottori universiteti professori Xaruyuki Fujimaki, JICA vakili – ekspert Ozava Yoshiku hamda yaponiyalik ko‘ngilli talabalar ishtirok etdi. Seminarda Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari, loyiha rahbari professor Z.S. Sultanova, NDPI hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashishdi.

 Institutdan loyiha rahbari professor Z.S. Sultanova, bir qator o‘qituvchilar va doktorantlar ham qatnashib, tajribalar almashdilar.

 Tadbirda professor Xaruyuki Fujimaki tuproq sensorlaridan foydalanish, suv balansini hisoblash va evapotranspiratsiya jarayonini o‘rganish usullari haqida ma’ruza qildi. Ushbu yondashuvlar qishloq xo‘jaligida sug‘orishni rejalashtirish va suv tanqisligining oldini olishda muhimligi ta’kidlandi.

  Seminar yakunida tomonlar kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.