Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Yaponiyaning “Green Leaf” kompaniyasi prezidenti Sawaura Shoji, kompaniya xodimi Sawaura Yukiko hamda JICA GROW loyihasi eksperti Yoshikawa Takumalar xizmat safari doirasida tashrif buyurdi.

 Mehmonlarni institut rektori B. Jollibekov, OISCA–Uzbekistan ofis menejeri T. Buranbaev hamda institutda volontyor sifatida tajriba orttirayotgan Yaponiyalik yoshlar kutib oldilar. Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

 Uchrashuvning asosiy maqsadi – institut bitiruvchilari va bitirish arafasida bo‘lgan talabalarni ish bilan ta’minlash, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

 Suhbat davomida ikki tomon ham bugungi kunda mavjud imkoniyatlar haqida fikr almashib, kelgusida qo‘shma loyihalar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish takliflarini ilgari surdilar.