1999-yili BMT Assambleyasi tomonidan 25-noyabr rasmiy ravishda Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni, 1950-yili esa 10-dekabr Inson huquqlari kuni sifatida e’lon qilindi.
Har yili 25 noyabrdan 10 dekabrgacha, ya’ni Inson huquqlari kunigacha bo‘lgan muddatda dunyo miqyosida muayyan mavzu doirasida «Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» global kampaniyasi o‘tkazib kelinmoqda.
BMT tomonidan bu yilgi kampaniya «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» mavzusida tashkil etilishi belgilangan.
Hozirgi raqamli davrda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kengayishi bilan xavfsizlik masalalari ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Ulardan biri – raqamli zo‘ravonlik (kiberbulling).
Bu – insonning shaxsiy hayotiga, sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan har qanday onlayn zo‘ravonlik shakli.
Raqamli zo‘ravonlik – bu internet, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, telefon va boshqa elektron vositalar orqali insonni tahqirlash, qo‘rqitish yoki bosim o‘tkazishdir.
Shu munosabat bilan 25-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Mambetniyazova rahbarligida, «Xotin-qizlarga qarshi raqamli zo‘ravonlikka chek qo‘yish uchun birlashaylik» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi Q.Yakubov va shu vazirlikning yuristi M.Sagindikov, Oila va Gender ilmiy tadqiqot instituti doktoranti N.Primbetova, «Yosh avlod» MFY raisi A.Qudaynazarova va xotin-qizlar faoli M.Qaljanovalar ishtirok etdi. Bugungi uchrashuvda talaba yoshlarimizga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan Raqamli zo‘ravonlikka barham berish masalasida bir qancha tushuntirishlar berildi va shu yo‘nalishda tayyorlangan videorolik orqali bunday zo‘ravonlikka barham berish masalasi muhokama qilindi.

(+99861) 229-27-01
ftga_info@edu.uz