Devonxona va arxiv bo’limi

Jamieva Aygul Maratovna

ftga_info@edu.uz

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalar instituti «Devonxona va arxiv» bo‘limida bo‘lim mudiri, ish yurituvchi, arxiv mudiri va arxivarius xodimlar o‘z fidoiyligi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Ular Institut qoidasi asosida ish olib borish bilan bir qatorda, kelib tushgan xat-xabarlarni, buyruq va farmonlarni, qaror va ko‘rsatmalarni qabul qiladi va uni shu vaqtda ro‘yxatga olib tegishli o‘rinlarga jo‘natdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kelgan xatlar, modemogrammalar, faks, kollegiya qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashidan kelgan telefonogramma va buyruqlarni edo.ijro.uz sayti orqali o‘z vaqtida ro‘yxatga olish ishlarini olib boradi.

Shuningdek, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojotlari ro‘yxatga olinadi hamda javobgar xodimlarga berilib, ularning bajarilishi nazorat qilinadi. Arxiv ishini tashkillashtirishda bo‘limlardan arxivga topshiriladigan hujjatlar tegishli tartib bo‘yicha ro‘yxatga olinib, belgilangan muddatda saqlanadi. Shuningdek, davlat arxivi bilan birgalikda ish olib boradi.