Institutimizda Yaponiyaning YUIME kompaniyasi prezidenti Ueno Kouhei hamda «YUIME» qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi vakili Tsutsui Ryota institutimizda mehmon bo‘lib, «Yaponiyada ishlash imkoniyatlari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 Uchrashuvda Yaponiya qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi «YUIME» kompaniyasi vakillari talabalar bilan uchrashib, Yaponiyada amaliyot o‘tash, maxsus viza, mehnat sharoitlari va xorijlik yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

 Institut rektori B.B. Jo‘llibekov xalqaro tajriba almashishning ahamiyati haqida alohida ta’kidladi. Uchrashuv davomida bildirilgan fikr va takliflar talabalar uchun katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar xalqaro imkoniyatlar, Yaponiyada 1-3 oylik amaliyot o‘tash hamda o‘z sohasida yangi tajribalar orttirishga tayyorligini bildirdi. Bugungi uchrashuv ularda kuchli motivatsiya, yangi g‘oyalar bilan ish boshlashga ishtiyoqi va kelajak kasbiy faoliyatiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirdi.

 Uchrashuv davomida Registrator ofis boshlig‘i I.Sulaymonov so‘zga chiqib, u o‘z so‘zida talabalarga Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori asosida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, xalqaro tajribalar asosida hududiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, o‘z faoliyati bilan barqaror daromadga ega bo‘lish, yoshlar bandligini ta’minlashda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shishni oldinga katta maqsad qo‘yib harakat qilishni aytib o‘tdi.

 Seminar yakunida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.B.Jollibekov «YUIME» kompaniyasiga minnatdorchilik bildirib, institut va kompaniya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.