Xalqaro ona tili kunining asosiy maqsadlari:

Tillarni saqlash: Dunyodagi 6 mingdan ortiq tilning 90%i yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan sharoitda, ularni saqlab qolish.

Ko‘p tillilik: Ta’limda va jamiyatda ona tili bilan birga boshqa tillarni ham o‘rganishni rag‘batlantirish.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi fakultetida «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasi Ingliz tili fani o‘qituvchilari va 1-kurs talaba yoshlari bilan hamkorlikda adabiy kecha o‘tkazildi. Kecha davomida o‘qituvchilar tomonidan dunyo xalqlarining ona tillari kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar berildi. Turli millat vakillaridan iborat bo‘lgan talaba yoshlar o‘z ona tilida qo‘shiqlar kuylab, sahna ko‘rinishlari namoyish etdi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.