Institutimizda zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish, talabalar va yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Inkubatsiya markazi direktori Daniyar Ramazanov va IT sohasida 8 yildan ortiq xizmat qilayotgan, tadbirkor va biznes avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassis Alibek Embergenovlar tomonidan “AI Leaders – Sun’iy intellekt davrida lider bo‘lish” mavzusida seminar tashkil etildi.

  Mazkur seminar davomida ishtirokchilarga sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari, ularning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi, raqamli texnologiyalar, ma’lumotlar tahlili asosida samaradorlikni oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
  Seminarda, shuningdek, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan dasturlar va platformalar, ularning amaliy qo‘llanilishi, startap loyihalar yaratishdagi ahamiyati hamda yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldi.