QORAQALPOG‘ISTON QISHLOQ XO‘JALIGI AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI XABAR VA KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENING

  O‘zbekiston Respublikasining 15.04.2022-yildagi «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi O‘RQ-764-sonli Qonuni, Vazirlar Kengashining 5.10.2022-yildagi «Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 570-sonli Qarori, Adliya vazirligining 15.11.2023-yildagi «Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 20-sonli buyrug‘i asosida, institut «Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi» xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026-yilning oxirigacha aholining kibermadaniyatini oshirish va kibergigiyenasini shakllantirishga qaratilgan kompleks targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlar rejasi 1-bandida berilgan topshiriqni bajarish maqsadida, institut talaba yoshlariga 2026-yil 17-aprel kuni seminar-trening tashkil etildi.

  Seminarda institut profilaktika inspektori katta leytenant T.Kenesbayev va «Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi» xodimlari tomonidan «Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish» bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

  Seminar davomida axborot xavfsizligi siyosati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kibermakonda taqiqlangan kontentlarni tarqatish, elektron to‘lov vositalari orqali o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishning huquqiy va boshqa salbiy oqibatlari, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.