Institutimizda sun’iy intellekt asosidagi aqlli qishloq xo‘jaligi loyihasi yo‘lga qo‘yildi!

 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida innovatsion rivojlanish yo‘lida muhim tarixiy qadam qo‘yildi. Institutimiz rektori va UFarmer kompaniyasi rahbari o‘rtasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida institutimiz o’quv tajriba ho’jaligi hududida 1 gektar tajriba maydoni ajratiladi, unda AI texnologiyalari asosida 5 turdagi ekinlar yetishtiriladi, maydonga sun’iy intellekt asosida ishlovchi aqlli datchiklar o‘rnatiladi, barcha ma’lumotlar UFarmer’ning raqamli platformasiga integratsiya qilinadi

 UFarmer platformasi orqali qishloq xo‘jaligi jarayonlari to‘liq AI asosida boshqariladi. Tizim real vaqt rejimida ekin va uni yetishtirish, agrotexnik tadbirlar, dorilash va boshqa barcha masalalar bo‘yicha tavsiyalar beradi. Barcha jarayonlar raqamli ilova orqali nazorat qilinib, ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi.

💻 UFarmer — qishloq xo‘jaligi va biznes jarayonlarini raqamlashtiruvchi zamonaviy IT va agrotexnologik platforma bo‘lib, u:
• ishlab chiqarish va resurslarni boshqarish
• monitoring va tahlil qilish
• jarayonlarni avtomatlashtirish
• hosildorlikni oshirish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

🤖 Platforma sun’iy intellekt va aqlli sensorlar orqali ekinlar holatini kuzatadi, aniq tavsiyalar beradi va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

🎓 Loyiha doirasida:
• professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun maxsus treninglar tashkil etiladi
• UFarmer platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar beriladi
• raqamli va aqlli qishloq xo‘jaligi ko‘nikmalari shakllantiriladi

 Mazkur loyiha institutimizda noyob ilmiy-amaliy poligon vazifasini bajaradi. Unda sun’iy intellekt asosida qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari olib boriladi, AI texnologiyalarining samaradorligi va aniqligi o‘rganiladi, mavjud cheklovlar va kamchiliklar ilmiy asosda tahlil qilinadi,

Ushbu tashabbus:
• aqlli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
• ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish
• innovatsion yechimlarni joriy etish
• kelajak uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

 Institutimiz zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida yangi davrni boshlab bermoqda! Innovatsiya, ilm-fan va hamkorlik orqali biz kelajak qishloq xo‘jaligini birgalikda quramiz!