O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi PQ-4851-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi «A’lochi o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini jadallashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 562-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bob 47-bandi talablari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 17-apreldagi 12-sonli va qq-03-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1-may kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Umumiy ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha olimpiadaning yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

  Olimpiadani institutimiz rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.Absattarov ochib berdi hamda Olimpiadani tashkil etish maqsadi va zarur hujjatlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi mutaxassisi V.Allamuratova so‘zga chiqib olimpiada ishtirokchilarini tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bilimlar Bellashuvida Nukus va Xo‘jayli Yoshlari Zafar Quchdi!
Intellektual salohiyat va mahorat sinovdan o‘tgan navbatdagi olimpiada o‘zining haqiqiy qahramonlarini aniqladi. Mazkur bellashuv yoshlarning nafaqat bugungi bilimini, balki porloq kelajak sari tashlagan dadil qadamlarini ham namoyon etdi.

🎗G‘oliblarimiz bilan tanishing:

🥇1-o‘rin sohibi: Nukus shahridagi 46-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Erejepov Aydos. U o‘zining yuksak intellektual salohiyati bilan tengdoshlari orasida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi va zamonaviy Smartfon (uyali aloqa vositasi) bilan taqdirlandi.

🥈 2-o‘rin sohibi: Xo‘jayli tumanidagi 35-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Bazarbayev Dauletyar. Bilimlar bahsida o‘zining munosib o‘rnini ko‘rsatgan Dauletyar qimmatbaho ARSHiA (super blender) texnikasi bilan rag‘batlantirildi.