KIBERXAVFSIZLIK VA YOSHLAR: OGOHLIK – DAVR TALABI!

     Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrotexnologiya fakultetida 1-kurs talabalari uchun «Kiberxavfsizlik va yoshlar: internetdagi xavf-xatarlar va firibgarlikdan himoyalanish usullari» mavzusida ochiq muloqot va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
       Tadbirda institut profilaktika inspektori katta leytenant T.Kenesbayev, fakultet dekan o‘rinbosari B.Jumashov va tyutorlar ishtirok etdi.
     Uchrashuv davomida soha mutaxassisi tomonidan talaba-yoshlarga internet tarmog‘idagi firibgarliklar, bank plastik kartalarining xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta (fishing) havolalar xavfi va kibermakonda hushyorlikni oshirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi va ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar oldi.