|
|
Kafedra mudiri: | Djumanazarova Altingul Tengelovna |
| Telefon: | +99893 369 06 09 | |
| E-mail: | djumanazarovaaltingul@gmail.com@mail.ru |
Suv xo‘jaligi va yerdan foydalanish kafedrasi tariyxi
«Suv xo‘jaligi va yerdan foydalanish» kafedrasi 2024 yil sentyabr oyidan boshlab Yer kadastri va yerdan foydalanish kafedrasi bilan biriktirilib qayta qurildi. Ushbu kafedra 2010-yilda Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali «Agronomiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti tarkibidagi «O‘simlikshunoslik, dehqonchilik va melioratsiya asoslari» kafedrasidan «Dehqonchilik va melioratsiya asoslari» degan nom bilan ajralib chiqdi. 2015-yil dekabr oyida filial tuzilmasiga o‘zgarish kiritilishi bilan kafedraning nomi «Melioratsiya va suv xo‘jaligi» deb va 2024-yildan «Suv xo‘jaligi va yerdan foydalanish» kafedrasi bo‘lib o‘zgardi. Kafedraga t.f.n., dotsent A.T. Djumanazarova rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedrada jami 20 professor-o‘qituvchi bo‘lib, shundan ilmiy darajaga ega 13 professor-o‘qituvchilar (Djumanazarova A., Reimov N., Akmalov Sh., S. Kodal., Aqnazarov O., Tolepova Sh., Asamatdinov I., Kdirbayeva G., Saparov A., Kurbanbayev S., Djaksimuratov K., Jumamuratov D. Kurbanbayev R.) va 13 assistent (Jumatova R., Kamalova N., Genjemuratov A., Zabidullayeva R., Kalimbetov J., Reymov O., Shimbergenova G., Kaypov I., Ablatova A., Abdullayev E., Xudaybergenova N., Xojaniyazova S., Robert A.), ikki xorijiy o‘qituvchi akademik mobillik asosida (Turkiyaning Anqara universitetidan kelgan S. Kodal va Avstriyaning Vena universitetidan Robert A.W.) talabalarga bilim sirlarini o‘rgatishda fidokorona mehnat qilib kelmoqda.
Kafedrada «Suv resurslari va nasos stansiyalaridan foydalanish» va «Gidravlika» zamonaviy o‘quv laboratoriyalari mavjud. Kafedrada ilm-fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiyalash bo‘yicha muassasalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shundan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston meliorativ ekspeditsiyasi, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston hududiy markazi, Orolbo‘yi dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi, Qoraqalpog‘iston gidrometeorologiya boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, Kadastr agentligining kadastrlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «O‘zdavyerloyiha» davlat ilmiy loyiha institutining «QR yer loyihasi» bo‘limi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi korxona turidagi Respublika Aerogeodeziya markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, MCHJ «UzGIP» instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi sinov korxonalari bilan shartnoma asosida hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Ta‘lim:
Kafedra tarkibidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
60812300 – Suv xo‘jaligi va Melioratsiya ta’lim yo‘nalishi
60811300- Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish ta’lim yo‘nalishi
60812500 -Girotexnika va nasos stansiyalari ta’lim yo‘nalishi
60811600- Yer kadastri va yer tuzish ta’lim yo‘nalishi
60810600- Yer kadastri va yerdan foydalanish ta’lim yo‘nalishi
Ilimiy potencial
- Professor-o‘qituvchilar tarkibi: 20 nafar.
- Fan doktorlari: 13 nafar.
- Assistentlar: 13.
- Doktorant 6.
