Baliqchilikni rivojlantirish asosiy vazifamiz

         2020 yilda filialimiz va Germaniyaning xalqora hamkorlik tashkiloti  (GIZ)ning «O’zbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish» loyihasi doirasida baliqchilikni rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida GIZning grant mablag’lari hisobidan filialimizda baliq etishtirish uchun yopiq suv ta`minoti tizimini joriy etish ishlari va yopiq suv ta`minotiga baliqlarning bir yillik shaboqlari sazan, aq amur, dөң peshona va afrika laqalari turlarini etishtirish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Ushbu loyiha doirasida filialimiz talabalariga baliqlarning shaboqligidan boshlab etishtirish ularni oziqlantirish imkoniyatlariga keng sharoitlar taqdim qilindi. Bundan tashqari baliqchilik bo’yicha ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanayotgan doktorantlarga ilmiy tajribalarini filialimizda olib borish imkoniyatiga keng yo’l ochildi.