Tashrif maqsadiga ko’ra, Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida Veterinariya soxasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda Evropa ittifoqining nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qilish va bu hamkorliklar xalqaro grandlar kesimida amalga oshirilishi belgilangan edi.

✍️Ushbu munosabat bilan, institutda tashkil etilgan davra suhbatida Portugaliyaning PORTO universiteti professori Augusto Faustino, Estoniyaning EeSTI universiteti professori David Arney, Italiyaning PISA universiteti professori Martina Sartoni, Italiyaning PADOVA universiteti professori Stefano Romagnoli, Italiyaning TURIN universiteti professori Daniele de Mereghi va Italiyaning PALERMO universiteti professori Andrea Supplizi va loyiha kordinatorlari Sanjar Adilov, Oybek Javharov, Shavkat Hasanovlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Veterinariya meditsinasi ta’lim yo’nalishini yanada qo’llab-quvvatlash, yangi loyihalar bo’yicha hamkorlik qilish, O’zbekistonda Veterinariya meditsinasi ta’lim yo’nalishini xalqaro darajaga ko’tarishda talabalarga 5 yil muddatli ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar o’rtaga tashlandi.
Shuningdek, institut direktori professor E.Sh.Toreniyazov veterenariya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi va loyiha doirasida olib kelingen laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuterlar yordamida ta’lim sifatining takomillashganligini ta’kidlab o’tdi. O’z navbatida loyiha rahbari Mr Augusto Faustino hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar o’z samarasini berayotganligi va erishilgan natijalar haqida to’xtaldi.
Tadbir davomida mehmonlar bilan loyiha doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida kelishib olindi. Uchrashuvdan so’ng loyiha ekspertlari tomonidan veterinariya laboratoriyalari uchun berilgan jihozlarning o’quv mashg’ulotlari jarayonida foydalanilishi kuzatildi.