Joriy yilning 26 aprel kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori E.Sh.Toreniyazov O’zbekistonning Tayland qirolligidagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Elchixona vakillari bilan o’tkazilgan uchrashuvda ushbu davlatdagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo’yicha takliflar bildirildi.   Jumladan, ikki davlat oliy ta’lim muassasalalari talabalari, magistrlar, doktorantlar va professor o’qituvchilar o’rtasida amaliyot tajribalari va ilmiy – tadqiqot ishlari asosida o’z-aro bilim va ko’nikmalarini almashish, tajriba orttirish masalalari so’z etildi. Davlatimizning elchixona vakillari ushbu ezgu ishlarni amalga  oshirishda, yordam berishga tayyor ekanligi va qo’llab-quvvatlashini bildirdi.