2022-yil 12-avgust kuni institutimizga Germaniya Federativ Davlati GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti vakillari Yorg Pudelka, Joachim Fritz, Beata Schorait, Paul Shumaxer, Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixonasi vakili Michael Wimmer va shu bilan birga O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash (NaWi) loyihasi koordinatori Alisher Kurbonov, Orolboʻyi mintaqasining ekologik yoʻnaltirilgan mintaqaviy rivojlanishi (ECO-Aral) loyihasi xodimlari Yulian Felten va Ayzada Uzaxbaeva kelib, institutimizda loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va baliqchilik kafedrasi laboratoriyalari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida oquv ishlari boyicha prorektori N.Absattarov 2 yil davomida GIZ tashkiloti bilan hamkorlik davrida amalga oshirilgan ishlar va baliqchilik sohasida olib borilayotgan samarali ishlar haqida aytib o’tib, GIZ tashkiloti vakillariga minnatdorchilik bildirdi.

Institutimiz Zooinjeneriya fakulteti “Gidrobiologiya” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich doktoranti Kaliknazarova Almagul o‘zining Artemiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasida yetishtirish bo’yicha olib borayotgan ilmiy ishi va ECO-Aral loyihasi doirasida Vietnam mamlakatidagi qisqa muddatli ilmiy stajirovkasi haqida ma’lumot berdi va baliqchilik kafedrasi laboratoriyasidagi amaliy ishlarini tanishtirdi.

GIZ Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti vakillari Baliqchilik kafedrasi laboratoriyalari, laboratoriyaga olib kelingan uskunalar bilan tanishdilar va uchrashuv yakunida institutimizga tashrif buyurib, unda olib borilayotgan ishlar bilan tanishganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.