1-oktyabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” – eng ta’sirli bayramlardan biri. Bu yosh avlodning ustoz va murabbiy mehnatini qadirlaydigan , hurmat qiladigan har bir insonning bayrami.
Ushbu bayram munosabati bilan bugun, 2022-yil 30 -sentyabr kuni Qoraqolpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida katta bayram bo’lib o’tdi, va institutimiz rektorı q. x. f. d.prof. E. Sh. Toreniyazov tabrik soz’i bilan ochib berdi. Bu bayramda ko’p yillardan beri bilim berib kelayotgan ustozlarimizni minnatdorchilik so’zlari bilan yodga oldi, shunindek , ustozlarga xayrli mehnatlari uchun teran minnatdorchilik bildirib va ularga kelajakda a’lo darajadagi barkamol avlodni shakllantirishda yutuqlar tiladi.
Tadbir davomida mehnati bilan jamiyatimizga o’rnak bo’layotgan professor -o’qituvchilarga samimiy minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar bilan mukofotladı.