Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti bitiruvchilari 2021 yildan boshlab Rossiya Federaciyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida o’qishni davom etish dásturi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunda 5 nafar talabamiz Rossiya Federaciyasining Janubiy-Ural davlat agrar universiteti va Povolje davlat texnologik universitetlarida o’qib kelmoqda. Ular qatorida 2021-yilgi bitiruvchilardan «O’rmonchilik va o’rmon melioraciyasi» yo’nalishi bitiruvchilari I.Sulaymanov va T.Erimbetovlar Povolje davlat texnologik universitetining «O’rmon xo’jaligi» yo’nalishida grant asosida, «Er tuzish va yer kadastri» yo’nalishi bitiruvchisi Y.Abdullaev Janubiy-Ural davlat agrar universitetining «Agronomiya» yo’nalishida grant asosida o’qib, o’z bilimlarini oshirib kelmoqda. Shuningdek, Zooinjeneriya fakulteti bitiruvchisi A.Mambetsapaev va meva-sabzavotchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fakulteti bitiruvchisi A.Yuldashevlar bugingi kunda Janubiy-Ural davlat agrar universitening Zootexniya yo’nalishida magistratura bosqichida grant asosida o’qib kelmoqda.
Hozirgi kunda institutimiz bitiruvchilarini Rossiya Federaciyasi, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan magistratura, doktorantura bosqichlarida o’qitish bo’yicha amaliy seminarlar va treninglar tashkillashtirilmoqda.