Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti 1-kurs talaba qizlari o’rtasida “Agrar arıwlari” ko’rik tanlovining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi.
Ko’rik tanlovni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori R.Ibragimova ochib berdi hamda muassasamizning ta’lim-tarbiya va ma’naviy-marifiy ishlardagi muvaffaqiyatlari va bunda xotin-qizlarning o’rni haqida aytib o’tdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.
Ishtirokchilar o’zini tanishtirish, aktyor yoki aktrisalarga parodiya, erkin mavzu shartlari bo’yicha ozaro bellashdi va o’zlarining qobilyatini, ziyrakligini va mahoratini namoyish etdi.
Har bir shart bo’yicha hakamlar ishtirokchilarni baholab bordi hamda yuqori ball to’plagan ishtirokchilar ya’ni zooinjeneriya fakulteti ipakchilik ta’lim yunalishi talabasi A.Eltayeva 1-o’rinni, meva-sabzavotchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fakulteti yurispredensiya ta’lim yunalishi talabasi U.Genjemuratova 2-o’rinni hamda agrobiologiya va oʻsimliklarni himoya qilish fakulteti agroximiya ta’lim yunalishi talabasi Z.Saparmuratova 3-o’rinni egalladi.
Tanlov yakunida institut rektorı E.Tóreniyazov g’oliblarni muvaffaqiyati bilan tabrikladi hamda ziyrak, qobilyatli yoshlar muassasamizning faxri, ular hamda barcha yoshlarning yuqori bilim va taffakur egasi bo’lib buyuk kelajagimiz poydevori bo’lishiga ishonch bildirdi. Buning uchun mamlakatimizda, muassasamizda barcha sharoitllar yaratilganligi, faqat yoshlardan bilim olish, bo’sh vaqtini bekor o’tkazmaslik talab etilishini ta’kidlab o’tdi.
Tadbir so’ngida tanlov ishtirokchilariga «Diplom», «Faxriy yorliq» lar va esdalik sovg’alari topshirildi.