Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyası qabul qilinganiga 30 yil to’lishi munosabati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Tadbirni institut rektorı E. Toreniyazov kirish so’zi bilan ochdi va boshqarıb bordi. Dastlab O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’ı Kengesining agrar, suv xo’jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo’mitasi raisi
D. Utambetov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya Vaziri S. Mambetkarimov, institut prorektori R. Ibragimova, harbiylar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi
1993-yil 9-aprelda qabul qilingan bo’lib, u 26 bob, 6 bo’lim, 121-moddadan iborat.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutciyasining III bobi Konstitusiya va qonunning ustuvorligi haqida bo’lib, uning 15-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi deb ko’rsatilgan.
Shu bilan birga, tadbirda qishloq xo’jaligi sohasindagi yoshlarning bilim olishi va faoliyati uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shu bilan birga institutimiz talabalarining muvaffaqiyatlari, ularning ilmiy izlanishlari faxr bilan tilga olindi.
Tadbir yakunida talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.