Institutimizning ipakchilik ta‘lim yo’nalishida Yaponiya tajriybasi o’rganiladi
Institut rektori E.Toreniyazov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Jollibekov hamda Yaponiya qishloq xo’jaligi universiteti professori DR.Makoto IIKUBO ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda ta’kidlanganidek, hozirgi kunda dunyoning 60 dan ortiq davlatlarida pilladan mahsulot tayyorlanadi. Shundan, 20 dan ortiq davlatlarda «kumush tola» etishtiriladi.
Bu bo’yicha Xitoy 1-o’rinda, Hindiston 2-o’rinda va O’zbekiston 3-o’rinda turadi.
Suhbat davomida Xitoylik mehmon O’zbekistonda ipakchilik bo’yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor ekanligini bildirdi hamda institut yoshlariga mazkur sohadagi tajribasidan kelib chiqib, ta’lim berishga, Qoraqalpog’iston Respublikasida ipakchilik sohasini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shish niyatida ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.
Shuningdek, mehmon Yaponiyadan ipak qurti olib kelganligin va uni shu erda etishtirish, ko’paytirish tadbirlarini olib borish, Qoraqalpog’iston sharoitida yangi turini yaratish haqida aytib o’tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiyalik professor ishtirokida laboratoriya tekshiruvlarini olib borish, ipak qurtining yangi turlarini yaratish hamda tut daraxti barglari tarkibini o’rganish ishlarini olib borishga kelishildi.
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Axborot xizmati