Xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi
O’zbekiston-Yaponiya hamkorligidagi qo’shma xalqaro loyihasi SATREPS loyihasining tajriba maydoni-Qoraqalpog’iston Respublikasi Qorao’zak tumanidagi Qorabug’a galafit fermasida tuzdan zarar ko’rgan qishloq xo’jalik erlarining iqtisodiy samarodorligini oshirish maqsadida seminar trening bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuproqshunoslik sohasi vakillari tomonidan EM-38 yordamida tuproq sho’rlanishini xaritalash ishlari olib borildi hamda ishtirokchilarga tuproq sho’rlanishiga qarshi kurashish bo’yicha olib borilayotgan ilimiy ishlar, shuningdek, tuproq sho’rlanishini yumshatish uchun galafitlardan foydalanish, ularning afzalliklari, tuzdan zarar ko’rgan qishloq xo’jalik yerlarining iqtisodiy samarodorligini oshirish masalalari haqida keng turda ma’lumotlar berildi.
Seminarda Yaponiya universitetlari, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy o’quv yurtlari, Yaponiyaning Totterı universiteti professori Kristina Nikalayevna Taderich hamda mazkur universitet docenti Fujimaki Haruyuki, Mie universiteti docenti Matsuo Naoko va Rossiya Federaciyasining M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti doktoranti Timofey Kalnin, FAO ning O’zbekistondagi vakolatxonasining O’zbekistonda ozuq-ovqat tizimining erdan foydalanish va qayta tiklash ta’sirini baholash dasturi loyihasi kordinatori A.Nurbekov, UZGIP laboratoriya bo’limi boshligi X. Solixjon, UZGIP tuproqshunoslik bo’limi boshliǵi R. Ibragimov hamda xorijiy davlatlarning bir qator tuproqshunoslik sohasi vakillari hamda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy ishlar va innovaciyalar bo’yicha prorektori B. Jollibekov ishtirok etdi.
Seminarni o’tkazishdan asosiy maqsad, O’zbekiston Respublikasida hamda chet davlatlarning olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi tuprog’ida tajriyba qilish, sinovda o’tkazish va sho’rga chidamli o’simliklarni, gallaktiklarni sho’r tuproqlarda ekish orqali tuproq tuzlanishini yumshatishdan iborat.
Seminarda ta’kidlanganidek, bugingi kunga qadar xorijiy, O’zbekistonlik va Qoraqalpog’istonlik olimlar tomonidan sho’rlanishga qarshi kurashish metodlari o’rganilib, ilimiy ishlar olib borilmoqda. Agar tuproqning yuqori qatlami qurib qolsa, o’sha yerda tuz paydo bo’la boshlaydi. Binobarin, tuproqda namlikni ushlab turish uchun olimlar tuproqning ustki qismida o’simlik qoldiqlarini qoldirish zarur.
Bu usul Qoraqalpog’iston Respublikasida avvaldan qo’llaninilib kelinayotgan usullardan biri bo’lib, endilikda uni yanada kuchaytirish lozimligi atab o’tildi. Shu jumladan, sho’rga chidamli, shet davlatlarning turli xil galafit o’simliklarni olib kelish hamda bu erlarda etishtirish bo’yicha fikrlar bildirildi. Galafit o’simliklar tuzda yaxshi o’sib-rivojlanadigan, suvsizlikka chidamli yovvoyi o’simlik turlari hisoblanadi.
Tadbirda tuproqshunoslik sohasi vakillari tomonidan tuproq-suv-o’simlik sho’rlanish dinamikasi modelin ishlab chiqish va uni tatbiq bo’yicha fikrlar bildirildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga O’zbekiston-Yaponiya qo’shma SATREPS loyihasi Orol dengizi hududlarida oziq-ovqat xavsizligini oshirish uchun chorvachilik sohasida galafit o’simliklardan em-xashak ishlab chiqarishning iqlimga chidamli innovacion yondashuvlari va texnologiyalari, Amudaryo havzasi bo’ylab sho’rlangan va qurg’oqchilikka moyil agro landshaftlarda kvazireal vaqt rejimida monitoring asosida suvni boshqarish va yerdan optimal foydalanish uchun innovatsion yondashuvlar va iqlimga chidamli texnologiyalarni moslashtirish va rag’batlantirish» loyihalarining mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda olib borilayotgan ilmiy ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Olimlar tomonidan tuproqni monitoring qiluvchi, sho’rlanish darajasini o’lchash asboblari bilan tuproqda tahlil ishlari olib borildi.
Seminar yakuninda ishtrokchilar tájriyba maydonida ekilgan, sho’rga chidamli o’simlik turlari bilan tanıshdı hamda o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.