Rossiya davlat agrar universiteti bilan hamkorlik yanada mustahkamlanoqda

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti bilan tuzilgan shartnoma doirasida olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag’ishlanib uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor E.Toreniyazov, K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti kafedra mudiri, Akademik, texnika fanlari doktorı O.N.Didmanize ishtirok etdi.

Tadbirda institutda yaratilgan imkoniyatlar, bugungi kunda erishilgan muvaffaqiyatlar, istiqboldagi vazifalar bo’yicha fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, ikki oliy o’quv muassasasi  qishloq xo’jaligi sohasi uchun tajriybali, etuk mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlikdagi ishlarni yanada rivojlantirish, tajriyba almashish, institut talabalarini K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat universitetida magistratura va doktarantura bosqichida ta’lim olishi uchun sharoitlarni yaratish bo’yicha kelishuvga erishildi.