Bugun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor M M.Dauletmurat ochib berdi va olib bordi.

 Yig‘ilishda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi M. Mambetov o‘z faoliyati yuzasidan hisoboti bilan chiqish qildi. Unda bugungi kungacha amalga oshirilgan tashabbuslar, erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Faoliyati uchun M. Mambetovga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, o‘zining tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turgan M. Xalmuratov Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yangi yetakchisi etib saylandi.

 Tadbir davomida talaba-yoshlar M. Mambetovga iliq tilaklar bildirgan holda uning institut yoshlari uchun qilgan xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tishdi.