Seminarda dastur imkoniyatlari, bandlik masalalari va biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar berildi. Bu borada O‘zmilliybank Aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali «Kelajakka qadam» sektori Markaz menejeri K.Sharipova dastur doirasida berilayotgan imkoniyatlar, biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi, kredit shartlari va zarur hujjatlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, biznes g‘oyalarni tayyor loyiha darajasiga yetkazish bosqichlari haqida tushuntirib o‘tdi.

 Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi J.Berdimuratov bitiruvchi talabalarning bandligi, mehnat bozoriga tayyorgarligi va ularga ko‘rsatilayotgan yordam haqida so‘zlab berdi.

 Seminarning asosiy mehmonlaridan biri Tadbirkor Oliy Kengash deputati va «Biogomus» fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Niyozimbetov talabalarga o‘zining tadbirkorlik yo‘li, uchragan qiyinchiliklari va muvaffaqiyatga erishish tajribalari haqida so‘zlab berdi. U pomidorni qayta ishlash va tabiiy qoqi tayyorlash hamda Yevropa davlatlariga eksport qilish bo‘yicha erishilgan natijalar bilan bo‘lishib, yoshlarni sabr-toqat bilan maqsadlariga erishishga chaqirdi.

 Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan amaliy javoblar oldilar. Tadbir bitiruvchi talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.