2025 – yil 28-aprel kuni 304 – auditoriyada (soat 9 00) 60811200-Agrokimyo va tuproqchilik ta’lim yo’nalishi I-bosqich, 24-21-guruhida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo” kafedrasi assisenti G.Pirniyazova “Analitika, fizik-kolloid va bioorganik kimyo” fanidan ma’ruza mashg’ulotida “Uglevodlar” mavzusi bo’yicha mahorat darsini olib bordi. Dars mashg’ulotida Toshlent davlat agrar universiteti Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti “Biokimyo va fiziologiya” kafedrasi mudiri Z.Mirvaliyev, Biokimyo va fiziologiya kafedrasi docenti F.Saitkulov, assisent T. Eshboboyev qatnashdi. Talabalarga hozirgi vaqtdagi dunyodagi eng dolzarb muammolardan biri bolgan ekologik toza oziq-ovqat tanqisligi sababli bo’lajak qishloq xo’jalik xodimlari kimyo fanini yaxshi o’zlashtirishlari, ekologik toza oziq-ovqat yetishtirishda kimyoviy tahlillarni amalga oshirishni bilishi kerakligi haqida malumotlar berib, uglevodlarning asosiy xususiyatlari, fiziologik roli va oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida (nafaqat) foydalanish tahlilini tushunchalar berdi.