Chet el universitetleri professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qoraqolpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga 2026-yil 28-aprel kuni Yaponiya davlatidan Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiyalari universitetidan Yashiko KAWABATA , Chowa farmatsevtika universitetidan Takahisa NAKANE va Isoda Susumu, Kochi prefekturasi Makino botanika bog’idan Akihito Takano va Hori Kiyotakalar tashrif buyurgan, professor-o‘qituvchilar ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash,dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiya yo‘nalishidagi kafedra bilan hamkorlikda maxsus master-klass tashkil etildi. Master-klass davomida yaponiyalik mutaxassislar dorivor o‘simliklar yani efedra o’simligini yetishtiryatkani, ularni ilmiy asosda o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash hamda sohasida qo‘llash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu tashrif ikki hafta davom etadi va unda oz-aro hamkorlikda ilmiy tadqiqot dalalariga borish, laboratoya tajribalarini amalga oshirish, talaba va tadqiqotchilarga maruza va amaliy mashgulotlarni olib borish ishlari amalga oshiriladi.
Tadbir davomida talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi, amaliy va nazariy bilimlarini yanada boyitish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, uchrashuv jarayonida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xususan, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va kelajakda hamkorlikda loyihalar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv institutimiz uchun xalqaro aloqalarni mustahkamlash, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


