2026 15 aprel kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Oziq-ovqat mahsulotlarining foydali xususiyatlarini hisobga olish mavzusida Aral School ta’lim kursi ishtirokchilari bilan Orol hududining oziq-ovqat tizimi yo‘nalishi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

 Seminarga (https://www.aralschool.uz/kk) Muhabbat Orinbayeva – Iqtisodiyot bo‘yicha magistr darajasiga ega, davlat moliyasi va barqaror rivojlanish mutaxassisi. Barqaror rivojlanish, ekologiyani qayta tiklash, jamoatchilik asosidagi yechimlarga, iqtisodiy siyosat, atrof-muhitni tiklash va Orolbo‘yi kelajagi uchun ta’limni bog‘lovchi loyihalarga qiziqadi.

 Ze-Xitoy Shimoliy Xitoyda tug‘ilgan. Qurg‘oqchil yerlarning ekologik tarixi va madaniy manzaralarini o‘rganuvchi tadqiqotchi va dizayner.

 Lyla Amini – afg‘on-amerikalik yosh mutaxassis va amaliyotchi, uning Tojikistondagi faoliyati iqlim o‘zgarishiga chidamli qishloq xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish, ajdodlar bilimlari, ekologiya, urug‘chilik.

 Intizor Otaniyozova (Qozog‘iston) – Markaziy Osiyoning Olma-ota shahrida yashaydi, moliya bo‘yicha bilimga ega, ayni paytda tabiat bilan aloqasini qayta tiklash masalalariga qiziqadi, rassom.

 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar tomonidan: qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Sultanova Zulfiya, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Yusupov Risnazar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlari 1 kurs magistrantlari faol qatnashdi.

 Seminar ishtirokchilariga professor Z.Sultanova o‘z ilmiy ishlari natijalari bilan tanishtirib, sho‘rlanishga chidamli galofit o‘simliklar yetishtirish, ulardan stress omillarga chidamli an’anaviy va noan’anaviy o‘simliklarning yangi liniyalari va navlarini sinash va ulardan oziq-ovqatda foydalanish bo‘yicha fikrlari va olingan natijalarini aytdi. Ishtirokchilar bu borada o‘z qiziqishlarini bildirdi va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori professor Risnazar Yusupov xalqimiz dasturxonida o‘rni bebaho mahsulotlardan biri – qovun yetishtirishda, uning erta yozda pishadigan navlaridan boshlab, kuz va qish oylaridan-bahorgacha saqlanadigan qovun va tarvuz navlari bilan tanishtirdi.  So‘nggi yillarda ushbu ekinlarni yetishtirishda xavfli zo‘yanka – qovun pashshasining qovun va tarvuzga zarar yetkazishi, zararkunandalarning tarqalishi, o‘tishi, oldini olish yo‘llari va zararkunandaga qarshi himoya ishlari natijalari bilan tanishtirdi.

 Mintaqamizdagi qurg‘oqchilikka chidamli ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan o‘simliklar – jo‘xori, bug‘doy, tariq, kunjutga katta qiziqish bildirdi va ulardan foydalanishni kengaytirish masalasiga qiziqish bildirdi.  Ushbu masala bo‘yicha 1 kurs qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi magistranti Aziza Qutlimuratova o‘zining ilmiy ishlarida jo‘xori unidan qandolat mahsulotlarini tayyorlash tajribasi va mahsulotlari bilan tanishtirdi va degustatsiyaga taqdim etdi. Bu mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular bundan tashqari ko‘plab mahsulotlar tayyorlab, xalqimizga taklif etishga qiziqish bildirdi.

 Birinchi navbatda mehmonlarimiz. Chapdan o‘ngga: Ze, Muhabbat Orinboyeva, Lyla Amini va Intizor Otaniyozova.