Bo‘lim boshlig‘i: Bauetdinov Baxtiyar Otebaevich

Qabul vaqti: Har kuni

Telefon: (91) 304-00-08

Email: bbauetdinov@mail.ru  

   Qoraqalpog`iston qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar  tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida” 2017-yil 27- iyuldagi PQ-3153-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  21 noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘grisidagi Nizom” ga asosan faoliyat yurutmoqda. Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, institutimizda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq sirtqi shakl, maxsus sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shakllarida olib borilmoqda.

   Hozirgi kunda universitetning sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limida quyidagi yo‘nalishlarda 931 nafardan ziyod talabalar tahsil olishmoqda:

Ta’limning sirtqi shaklida:

  • 5410200 – Agronomiya (dehqonchilik maxsulotlari turlari bo‘yicha)
  • 5410800 – O‘rmonchilik
  • 5411100 – Dorivor o`simliklarni etishtirish va qayta ishlash
  • 5410607 – Zooinjeneriya baliqchilik
  • 60811800 – Zooinjeneriya (turlari bo`yicha)
  • 60810100 – Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish
  • 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60812300 – Suv xo`jaligi va meliorasiya

Ta’limning maxsus sirtqi shaklida:

  • 5410200 – Agronomiya (dehqonchilik maxsulotlari turlari bo‘yicha)
  • 5410800 – O‘rmonchilik
  • 60810100 – Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish
  • 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Ta’limning ikkinchi va undan keyingi oliy malumot berishning sirtqi shaklida:

  • 5410700 – Еr kadastri va er tuzish

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limga o‘qishga qabul qilish:

  Institut sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish to‘g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

  • – Sirtqi shaklga – umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma`lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan;
  • – Maxsus sirtqi shaklga – faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan;

– Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot berishning sirtqi shakliga – oliy ma`lumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy ta`lim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy ma`lumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi