Rasman: My.gov.uz portali orqali bugundan onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

My.gov.uz portali orqali abituriyentlarni OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

(https://my.gov.uz/uz/service/259)Qanday tartibda:

Abituriyent telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarini kiritadi.

✔️ Imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma’lumotlarni yuklashsa kifoya.

❗️Eslatma
Ta’lim yo‘nalishini yangi o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘nggina tanlash mumkin bo‘ladi.

✅Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar davom etadi. Shu kungacha ma’lumotlarni tahrirlash mumkin.

Testga nimalar olib kirish mumkin?

✅ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
✅ abituriyent ruxsatnomasi;
✅ kepka yoki panama;
✅ oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
✅ optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
✅ pul;
✅ dastroʻmol;
✅ kalit.

Quyidagilar mumkin emas:

❌ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
❌ shpargalka, kalkulyator; va h.k.
❌ ruchka (ichkarida beriladi);
❌ suv (ichkarida beriladi);
❌ qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
❌ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
❌ mashina pulti (kirish postida)

     

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul qabul qilingan bolsaquyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • o`rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086-U — shakl bo`yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  • 5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo`lim abituriyentlari uchun);
  • rektor nomiga ariza;
  • tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;
  • harbiy qismdan tavsiyanoma.

    Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko`rsatiladi.

      Jismoniy tarbiya institutiga hujjat topshirayotgan abituriyentlar yuqorida ko`rsatib o`tilgan hujjatlarga qo`shimcha ravishda sport malakasini tasdiqlovchi hujjat (sport darajasi kitobchasi), 8 ta fotokartochka (maxsus sport tekshiruvi uchun) topshirishlari lozim.

  Maxsus sirtqi bo`limga hujjat topshiruvchi shaxslar belgilangan tartibda mehnat daftarchasidan ko`chirma topshirishadi.

    Maxsus bo`limga faqat o`rta maxsus kasb-hunar ta’limiga va 3 yildan kam bo`lmagan ish tajribasiga ega shaxslar qabul qilinadi.

      Pasport va harbiy xizmat haqidagi hujjat shaxsan taqdim etiladi.

     Guruhlar bo`yicha abituriyentlar ro`yhati va bino va auditoriyalarning joylashishi aks etgan chizmalari o`quv yutrlari qabul komissiyalari tomonidan test sinovlari o`tkazilishidan 3 kun oldin e’lonlar taxtasiga osiladi.

    Yuqorida ko`rsatilgan barcha hujjatlar mavjud bo`lgan holda qabul komissiyasi abituriyentni qabul qilishni inkor etish huquqiga ega emas. Fuqarolar ikkinchi va keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. (“Ta’lim to`g`risida”gi Qonun,14-modda).

    Abituriyent test sinovlari o`tkaziladigan kundan 3 kun oldin test sinovlari o`tkaziladigan binoning joylashgan o`rni va nomi, qavat va auditoriya raqami ko`rsatilgan chizmani sinchiklab o`rganadi va eslab qoladi.

      Test sinovlaridan 3 kun oldin abituriyentga guruh raqami ko`rsatilgan ruhsatnoma beriladi.

    Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

       Abituriyentlar diqqatiga! (manba DTM.uz)

     Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida.