O’zbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus taьlim vazirligining 1998 yil  9 dekabr 345 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy o’quv yurtining ilmiy kengashi to’g’risidagi NİZOM asosida ishlab chiqilgan Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti kengashi to’g’risidagi

NİZOM

  1. Oliy ta`lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq, institut faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko’rib chiqish uchun rektor raisligida institut kengashi tashkil etiladi.
  2. Institut kengashining asosiy maqsadi – institut jamoasi sayi-harakatlarini quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatini birlashtirishdan iborat.

   – Kadrlar tayorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik-texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr va magistrlar tayorlashni ta`minlash, ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarda vatanparvarlik, fuqoralik, o’z Vatani bilan faxrlanish, ma`naviy va madaniy hususiyatlarni shakllantirish.

 – Nizom bo’yicha institut kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi: Direktor, rektor o’rinbosarlari, fakulьtet dekanlari, mutaxassislik kafedralar mudirlari, bo’lim boshliqlari va kasaba uyushmasi boshlig’i.

  1. Institut kengashi tarkibi institut rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Har o’quv yilining boshida, har xil sabablarga ko’ra institut kengashi tarkibidan chiqqanlar o’rniga, yangi a`zolar saylanadi yoki nizom bo’yicha kiritiladi.
  2. Institut kengashi vazifalari:

    – Kadrlar tayorlashining Milliy dasturiga muvofiq, davlat ta`lim standartlari o’quv rejalari va dasturlarining bajarilishini ko’rib chiqish;

   – institutning o’quv, ilmiy-tadqiqot va ma`naviy-ma`rifiy ishlari haqidagi hisobatlari eshitadi.

   – kafedralardagi o’quv jarayonining tashkil etilganligi, xujjatlar bilan ishlashi va ilmiy iishlarning olib borilishi bo’yicha ishlarning hisobati eshitadi;

   – bo’limlardagi ijra intizomining bajarilishi haqida hisobatlar eshitadi.

 – ilmiy-tadqiqotlar, ma`naviy-ma`rifiy ishlarning rejalarini va professor-o’qituvchilar tarkibining malakasini oshirish masalalari muhokama etiladi.

  – darslik, o’quv qo’llanma va ilmiy, o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish masalalarini ko’rib chiqish;

 – «Oliy o’quv yurtlari pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq, professor-o’qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o’tkazadi;

 – professor, docent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko’rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi.

  – faol talabalar safidan va professor-o’qituvchilar tarkibidan nomzodlarni har hil jamg’armalar orqali xorijiy oliy o’quv yurtlariga stajirovkaga tavsiya etadi;

  – a`lochi talabalarni nomli stipendiyalarga tavsiya etadi;

  – doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning dissertaciya mavzularini va ilmiy rahbarini tasdiqlaydi;

  1. Institut kengashi o’z ishini har o’quv yili uchun ishlab chiqilgan rejega muvofiq amalga oshiradi. İsh-reja institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
  2. O’quv va ilmiy ishlarning barcha masalalari bo’yicha kengashning karorlari ochiq ovoz berish tartibida ko’pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Professor-o’qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallashga o’tkaziladigan tanlovlar professor va docent ilmiy unvonlarini berishga taqdimnomalar esa yopiq ovoz berish yuli bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
  3. Institut kengashi qarorlari, institut rektori tasdiqlaganidan song kuchga kiradi.
  4. Institut kengashi majlislari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar institut kengashi raisi va kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi.
  5. Institut kengashi raisi muntazam ravishda majlis qarorlarining bajarilishi bo’yicha tekshiruvlarni tashkil etadi va ilmiy kengash a`zolariga qabul qilishgan qarorlarning bajarilishi haqida axborot beradi.