1. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me`yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta`minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  2. Professor-o`qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o`z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
  3. Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to`g`risidagi to`liq xamda aniq ma`lumotlarni shakllantirish;
  4. Moddiy boyliklar va pul mablag`lari inventarizatsiyasini o`z vaqtida o`tkazish;
  5. Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma`lumotlarini umumlashtirish;
  6. Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
  7. Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o`z muddatlarida o`tkazish;
  8. Bankdan olingan pul mablag`larini maqsadli sarflash;
  9. Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo`lishining oldini olish;
  10. Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to`g`ri sarflanishini nazorat qilish;
  11. Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to`g`ri saflanishini nazorat qilish;
  12. Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
  13. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag`larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo`yicha sarflanishini nazorat qilish;
  14. Pul mablag`lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o`rnatilgan tartib asosida sifatli o`tkazilishini nazorat qilish;
  15. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga, soliq inspektsiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o`z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.