Kafedra mudiri: Allambergenov Tanjarbay Dawletmuratovich
Telefon: +99897-447-09-78
E-mail: Tanjarbayallambergenov78@gmail.com

«Dehqonchilik, qishloq xo’jaligi ekinlari selekciyasi va urug’chiligi» kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 14.06.2003 – yil 269 – sonli qaroriga binoan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkil topgan bӯlib, filialda «Ӯsimlikshunoslik, dehqonchilik va melioraciya asoslari» kafedrasi faoliyat boshladi. 2003-2011 yillarda kafedra mudiri lavozimida qishloq hӯjaligi fanlari nomzodi, docent T.Oserbaeva, 2011-2016 yillarda A.Djumanazarova ishlagan. 2016 – yili dekabrь oyidan filialning tastdiqlangan yangi strukturasiga muvofiq «Dehqonchilik, agrokimyo va tuprokshunoslik» kafedrasi tashkil qilindi va kafedra mudiri lavozimida (2016-2017 yy.) qishloq hӯjaligi fanlari nomzodi, docent İ.Naurыzbaev ishlagan bӯlsa, 2017 – yilda «Dehqonchilik, agrokimyo va turokshunoslik» kafedrasiga mudir sifatida qishloq hӯjaligi fanlari nomzodi, docent Q.J.Aytbaev tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3704-sonli qarori, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2018 yil 14 maydagi 426-sonli buyrug’i hamda filial kengashining 2018 yil 21 maydagi navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisining 10-sonli bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent Davlat agrar universiteti Nukus filialining «Dehqonchilik, qishloq xo’jaligi ekinlari selekciyasi va urug’chiligi» kafedrasi 2018 yilning 11-may oyida 207-u/b–sonli bo’yrig’i bilan o’z faoliyatini boshladi. Kafedra mudiri lavozimida qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, docent Aytbaev Quӯanыshbay Jumashovich ishlab kelmoqda. Kafedrada 2 ta bakalavr yӯnalishi bo’yicha o’qitilib kelinmoqda. İlm-fan va ishlab chiqarishni integracion hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadida kafedrada innovacion 4 ta guruh tuzilgan va ular quyidagicha:

  1. Qoraqalpog’iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
  2. Ӯzbekiston fanlar akademiyasi Qoraqalpogiston bӯlimi Tabiiy fanlari ilmiy-tadqiqot instituti;
  3. Don va dukkakli ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqolpog’iston ilmiy tajriba stanciyalari bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan.

Ta`limda:

Bakalavriat ta`lim yo’nalishlari:

  1. 5410200-Agronomiya (dehqonchilik maxsulotlari turlari bӯyicha)
  2. 5410400- Qishloq xo’jaligi ekinlari selekciyasi va urug’chiligi

Xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan xamkorlik

Tokio Qishloq xӯjaligi va texnologiya universiteti

Professor-o’qituvchilar tarkibi: 23

  • Fan doktori 2
  • Fan nomzodi: 8
  • Assistentlar: 6
  • Kabinet mudiri: 1