Bugungi kuni dunyo bo’yilab 43 tadan kop OTMlar va İTM bilan birgalikda ishlab kelayotgan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali ayni kunlarda Rossiyadagi bir qator OTMlar bilan bakalavr va magistratura ta`lim bosqichlarida o’qish istagini bildirgan yoshlarni o’qishga qabul qilish bo’yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

Joriy yilning 14-iyulь kuni bir qator yoshlar Janubiy Ural davlat agrar universitetining mexanizaciya va agronomiya mutahassisliklari bo’yicha bakalavr ta`lim bosqichiga Yagona davlat imtihon asosida matematika, biologiya, russ tili va adabiyoti fanlaridan onlayn test topshirgan bo’lsa, 6-9-avgust kunlari “Texnologiya va qishloq xo’jaligini mexanizaciyalashtirish” mutahassisligi bo’yicha magistraturaga yozma shaklda imtixon topshirdi.

Bakalavr ta`lim bosqichi bo’yicha Janubiy Ural davlat agrar universitetiga test topshirgan nomzodlar 3 ta fannan sovallarga javob qaytarish uchun 3 soat, magsitraturaga topshirganlar uchun mutahassislik fanidan berilgan 4 ta savolga yozma shaklda javob berishga 4 soat vaqt ajratildi. Filialda tashkillashtirilgan bu imtixonlarni rossiyalik hamkasblarimiz tomonidan onlayn nazorat qilinib bordi – deya xabar beradi ToshDAU Nukus filialining Halqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Abdikairov B. Keyngi haftada topshirilgan imtihonlarning natiyjalari ma`lum bo’ladi. Bizlar imtixon topshirgan yoshlar orasidan Rossiya universitetilarida ta`lim oladigan nomzodlar chiqishiga ishonib qolamiz. Sababi, ularda bilim va ilim olishga degan extiyoj baland.

  

 

Adilbay Orazov,

jurnalist.