Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida O’zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yilligi bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir to’g’risida

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali majlislar zalida joriy yilning 6-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining                      30 yilligi bayrami munosabati bilan filial professor o’qituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda filial direktori E.Toreniyazov so’zga chiqib, yig’ilganlarni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami bilan yig’ilganlarni tabrikladi va fildialimizga shu yil o’qishga qabul qilingan  talabalarni talabalik oltin davri bilan chin qalbdan tabriklab o’tdi. O’z so’zida filial direktori Mustaqilligining 30 yilligi bayramiga “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g’oyasini o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma`naviy-ma`rifiy hamda targ’ibot-tashviqot tadbirlari dasturini ishlab chiqilganligi to’g’risida ma`lumotlar berib o’tildi. Barcha yig’ilgan talaba-yoshlarga va ularning ota-onalarina filialimizdagi barcha ichki tartib qoidalarni tushintirib o’tdi va talabalarga o’qishlarda omad tiladi. Bundan so’ng, O’quv va tarviyabiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari N.Absattarov so’zga chiqib barcha talaba-yoshlarni Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabriklab o’tdi va shu yil  talabalikga olingan yoshlarni tabrikladi.  Yanada nuroniy ustozlarimizga filialimiz tomonidan ularning mehnatlarini baholash, ishlarini yanada yuqori pog’onalarga yuksaltirish maqsadida har doim yurtimiz va filialimiz rahbariyati tomonidan ma`naviy va moddiy e`tibor ko’rsatilib kelinmoqda. Jumladan, har yili mustaqilligimiz va boshqa bayram tadbirlarida nafaqat nuroniy ustozlarimiz, balki barcha o’qituvchilarimiz mehnati yuqori baholanib kelinmoqda. Filial direktori tabrigidan so’ng O’zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat gimnlari yangradi. Bundan so’ng, filialda uzoq yillar davomida talaba-yoshlarga o’z bilimlarini ayamay berib kelayotgan bir qator ustoz professor-o’qituvchilar O.Abdullaev, U.İsmailov, O.Awezovlar o’z tabriklarini bildirdi. Shuningdek,  «Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat» bo’limi boshlig’i M.Tlegenov va  Yoshlar İttifoqi boshlang’ich tashkilot etakchilari chiqib, yig’ilganlarni mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan tabrikladi va yangi o’quv yilida filial talaba-yoshlarining vatanparvar, Ona Vatanga sadoqat ruhida kamol topishlari, ularga bilim berayotgan ustozlarimizga kuch g’ayrat, shijoat va ishlarida zafarlar tiladi.