Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida 21 – oktyabr O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan 30 – sentyabr kuni «Qadring baland bo’lsin – Ona tilim» mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvga «O’zbek, qoraqalpoq va rus tillari» kafedrasi assistenti, «O’quv uslubiy» bo’limi boshlig’i B.Qalimbetov, «Zooinjeneriya» fakulteti dekani T.Nao’rыzov, «O’zbek tilining sohada qo’llanishi» fani o’qituvchisi, «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti laureati  F.Sherjanova va talaba yoshlar ishtirok etdi.

          Tadbirda so’zga chiqqan professor – o’qituvchilar o’zbek tilining davlat tili sifatida jamiyatimizda tutgan o’rni va ahamiyati, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va til siyosati bo’yicha hukimatimiz tomonidan joriy qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati to’g’risida keng ravishda tushunchalar berildi.

Tadbir so’ngida yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.