2021 yilning 11 noyabr kuni Germaniya Xalqaro Hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari bilan onlayn uchrashuv bo’lib utdi. Uchrashuvga Germaniyaning GIZ tashkiloti vakillari Yuliyan Felten, Paul Shumaxer, Zlatko Tadich va GIZning Qoraqalpog’istondagi koordinatori Raxat Ganiev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o’rinbosari Alibek Kamalov va institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktori o’rinbosari Berdiyar Jollыbekov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog’istonda baliqchilikning artemiya sohasini rivojlantirish bo’yicha hamkorlikda olib boriladigan ishlar to’g’risida batafsil muhokama qilindi.